1

Senat a`zolari yana bir muhim Qonunni ma`qulladi

Siyosat 19.06.2020, 13:34
Senat a`zolari yana bir muhim Qonunni ma`qulladi

Senatning beshinchi yalpi majlisida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar o`rtasida hamkorlikdagi harbiy o`quvlarni o`tkazish to`g`risidagi Bitimga qo`shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikasiya qilish to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mudofaa sohasidagi siyosatining ochiqligi hamda xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa xorijiy mamlakatlar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Qurolli Kuchlar qo`shinlarining jangovar va tezkor tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirish, o`quv mashqlari faolligini, ularning samaradorligini oshirish zarur vazifa hisoblanadi.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi ShHTga a`zo davlatlar o`rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta`minlash, o`z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo`yicha qo`shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Bayonnoma ShHT a`zosi bo`lgan istalgan davlat unga qo`shilishi uchun ochiqligi, qo`shilgan davlat uchun ushbu Bitim depozitariy tomonidan qo`shilish haqida hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun ichida kuchga kirishi kabi yangi o`zgartishlarni o`z ichiga olgan.

Senat a`zolari ushbu Qonunni ma`qullash to`g`risida qaror qabul qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1