Surxondaryoda qora mol o`g`rilari qo`lga olindi

Jinoyat 20.06.2020, 13:00
Surxondaryoda qora mol o`g`rilari qo`lga olindi

Termiz tumanida 2020 yilning 12 iyun kuni, tumaning “Gulbahor” mahallasida yashovchi M.Sh. Termiz tuman Ichki ishlar bo`limiga ariza bilan murojaat qilib, M.Sh. o`z arizasida 6 iyundan 7 iyunga  kuniga o`tar kechasi, noma`lum shaxslar, molxonasidan 14 000 000 (o`n to`rt million) so`mlik 3 bosh qora molini o`g`irlab ketganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Qahramon” mahallasida yashovchilar F.S. va F.O.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

Sodir etilgan ushbu o`g`rilik jinoyati bo`yicha 19 iyun kuni F.S. hamda F.O.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1