1

"Har qanday vazifani bajarishga tayyor turing". Misrda harbiylar Liviyaga hujum qilishga chaqirildi

Dunyo 21.06.2020, 13:53
"Har qanday vazifani bajarishga tayyor turing". Misrda harbiylar Liviyaga hujum qilishga chaqirildi

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi armiyani davlat chegaralaridan tashqari jangovar harakatlarni amalga oshirish uchun tayyor bo`lishga chaqirdi.

TASS agentligiga tayanib, "Daryo" xabar berishicha, Misr rahbari harbiylarga murojaat qilib: «Chegaralarimiz ichida yoki zarurat tug`ilganda chegara ortida ham har qanday vazifani bajarishga tayyor turing», — degan.

Avvalroq Misr Liviyada urushni to`xtatish tashabbusi bilan chiqib, saylangan boshqaruv kengashini tuzish taklifini bildirgandi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Misr parlamenti prezident Abdulfattoh as-Sisining Liviyadagi mojarolarga aralashish to`g`risdagi har qanday so`rovini qo`llab-quvvatlashga tayyor.

«Agarda shunday so`rov yuboriladigan bo`lsa, parlament uni zudlik bilan ko`rib chiqadi va qo`llab-quvvatlaydi», — deydi parlamentning Mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo`yicha qo`mitasi a`zosi general mayor Yahyo al-Kidvaniy. Uning so`zlariga ko`ra, mintaqa «hamma uchun istalmagan oqibatlarga olib keladigan bosqichda» turibdi. «Mazkur bayonot — qo`shni Liviyaning xavfsizligiga putur etkazmoqchi bo`lganlar uchun. Misr o`zining milliy xavfsizligiga putur etakazadigan xavfni qo`l qovushtirib tomosha qilib o`tirmaydi. Misrning tashqi xavflardan o`zini himoya qila olish imkoniyati bor. Biz harakatsiz o`tirmaymiz va har qanday tahdidga qarshi tayyor turamiz, bu bizning qonuniy huquqimiz», — deydi parlament a`zosi.

Eslatib o`tamiz, Liviyada uzoq vaqtdan beri ikkita ijro hukumati parallel ravishda faoliyat ko`rsatmoqda: BMT tomonidan tan olingan va Tripolida joylashgan milliy kelishuv hukumati hamda Xalifa Xaftarning Liviya milliy armiyasi tomonidan qo`llab-quvvatlanuvchi mamlakat sharqida joylashgan Abdalla Abdurahmon at-Tanining vaqtinchalik mahkamasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1