1

Tramp AQSh bayrog`ini yoqqanlarni qamoqqa tashlashni buyurdi

Dunyo 21.06.2020, 15:54
Tramp AQSh bayrog`ini yoqqanlarni qamoqqa tashlashni buyurdi

 Donald Tramp Amerika bayrog`ini yoqqan namoyishchilarni bir yilga qamoqqa hukm qilishni

 taklif qildi. Bu haqda manbalarga tayanib Aif.ru xabar berdi.

"Amerika bayrog`ini yoqish jinoyat, bundaylarni bir yilga qamoqqa tashlash bo`yicha qonun loyihasini

ishlab chiqishni taklif qilaman", dedi u Talsa shahrida (Oklaxoma shtati) o`tkazilgan mitingda.

Amerika prezidenti bunday qarorga kelishiga sabab afroamerikalik Jorj Floydning polisiya tomonidan o`ldirilishi oqibatida sodir bo`lgan norozilik namoyishlari fonida amalga oshirilayogan tartibbuzarliklar hisoblanadi.

Irqiy kamsitishga qarshi namoyishchilar Konfederatlar haykallarini ag`darishmoqda va ba`zan AQShning turli shaharlarida mamlakat bayroqlarini yoqishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1