1

“Turkish Airlines” O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ydi

Dunyo 21.06.2020, 21:03
“Turkish Airlines” O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ydi

  Turkiyaning “Turkish Airlines” xalqaro aviakompaniyasi Istanbul–Toshkent aviareyslari qayta yo`lga qo`ydi.  

Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 1 iyuldan boshlab “Turkish Airlines” Istanbul–Toshkent–Istanbul reyslarini amalga oshiradi. Samolyotlar haftasiga to`rt marta: Istanbuldan Toshkentga seshanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari, Toshkentdan Istanbulga esa dushanba, seshanba, juma va shanba kunlari qatnovlarni amalga oshiradi.

Mazkur reyslarning aviachiptalari allaqachon sotuvga chiqarilgan. Rasmiy saytdagi axborot bo`yicha chipta narxi 588 AQSh dollaridan boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1