1

Narendra Modi koronavirusga qarshi profilaktik vositani e`lon qildi

Dunyo 22.06.2020, 07:02
Narendra Modi koronavirusga qarshi profilaktik vositani e`lon qildi

Hindistonda yakshanba kuni Xalqaro yoga kuni keng nishonlandi. Bosh vazir Narendra Modining fikriga ko`ra, yoga bilan munatazm shug`ullanish immun tizimini mustaxkamlashda yordam berar ekan. Bu esa, o`z navbatida, koronavirusga qarshi kurashda juda muhim.

"Do`stlar, butun dunyo koronavirus pandemiyasi davrida yogani qanchali zarur ekanligini tushinib bormoqda. Bizda kasallik bilan kurashishga yordam beradigan kuchli immunitetimiz bor", - dedi Modi.

SOVID-19 virusi birinchi navbatda nafas olish organlariga katta zarar etkazadi, yoga yordamida esa ushbu tana a`zolarini rivojlantirish mumkin.

Hindistonda yoga amaliyoti keng yo`lga qo`yilganiga qaramay, kasallanish holatlari kun sayin ortmoqda. Yakshanba kuni holatiga ko`ra mamlakatda 415 mingdan ziyod odam kasallikni yuqtirgan, 13 mingdan ortiq bemor esa kasallik qurboniga aylangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1