1

Turkiya “Xavfsiz turizm”ni sinab ko`rish imkoniyatini beruvchi uchrashuv o`tkazadi

Dunyo 22.06.2020, 15:08
Turkiya  “Xavfsiz  turizm”ni sinab ko`rish imkoniyatini beruvchi uchrashuv o`tkazadi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi, Vazir Ersoyning Turkiyaga eng ko`p sayyoh yuborgan  davlatlar bilan amalga oshirgan diplomatik sayi-harakatlardan keyin bu davlatlarning elchilari bilan chet ellik  matbuot xodimlarini Antaliyada kutib oladi. Bu haqda Darakchi.uzga Turkiya elchixonasi matbuot maslahatchisi  Davut Gazi Benli xabar berdi.

Turkiyaning “Xavfsiz Turizm” amalga oshirilishini sinab ko`rish imkoniyatini beruvchi  uchrashuv, 19-20 iyun kunlarida  o`tkaziladi. 

“Yangidan kashf qil” nomli bu uchrashuv, bir sayyohning “Xavfsiz Turizm sertifikasiyasi Dasturi” doirasida samolyotdan aeroportgacha, tashish avtotransportidan mehmonxonagacha duch keladigan barcha tafsilotlar va ko`rilgan xavfsizlik choralarining  joyida  kuzata olish imkoniyatini beradi. 

Uchrashuv doirasida, Aspendos Antik Teatrida Davlat opera va balet Bosh Boshqarmasi tomonidan tashkil qilinadigan  xususiy konsert  bo`ladi. 

Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi,Evropada xavfsix turizmni sertifikatlash tizimini  tatbiq qilganbirinchi davlat bo`lgan Turkiyaningkoronavirus (Kovid-19)  pandemiyasi vaqtida taqdim qiladigan turizm xizmatinidunyoga tanitish uchun eng ko`p sayyoh yuborgan davlatlarning elchilari bilan chet ellik  matbuot xodimlarini Antalyada kutib olyapti

Madaniyat va Turizm Vaziri Mehmet Nuri Ersoyning rahbarligida amalga oshirilgan “Yangidan kashf qil” dasturi bilan mehmonlar,xavfsiz turizm xizmatini joyida sinab ko`rish  imkoniyatini beradi. 

Turkiyaning eng ko`p  tashrif qiluvchilarni kutib oluvchi shahardan biri bo`lgan Antalyada 19-20 iyun kunlarida amalga oshiriladigan uchrashuvning birinchi kunidanoq Vazir Ersoy,chet ellik  mehmonlar bilan uchrashdi va ularni turk mehmondo`stligiga mos ravishda kutib olishdan  juda xursand ekanligini aytib o`tdi. 

Elchilar bilan chet ellik matbuot xodimlari vositasida Turkiyaning “Xavfsiz Turizm”  borasida olgan ilk chora-tadbirlarini jahonga tanishtirish fursatini qo`lga kirgizganini aytib o`tgan vazir Ersoy, uchrashuv bo`yicha qilgan bayonotida “Xavfsiz Turizm Sertifikasiyasi dasturi”miz, juda  ko`p jihatdan jahonda birinchilar orasidadir”, dedi. 

Turkiyaning xavfsiz turizm masalasining qanchalik jiddiy tus olganini bu dastur bilan ko`rsatish imkoniyatini topganliklarini ta`kidlagan vazir Ersoy, shularni qayd qildi: 

“Bu uchrashuv tufayli mehmonlarimizga, xalqaro uchishlarini ochganidan keyin, u davlatlarning fuqarolarini ham Turkiyada kutishimizni eslatib o`tamiz. Ko`rilgan chora-tadbirlar  doirasida mehmonlarimizning  ijobiy jihatdan  ta`sirlanganliklarini  ko`rish,  ishlab chiqilgan Xavfsiz Turizm Sertifikasiyasi Dasturining to`g`ri ekanligini tasdiqlamoqda”. 

O`lkamizda  dam olishni xohlovchi mehmonlarimiz uchun barcha ikir-chikirlarigacha o`ylab chiqdik.   

Xavfsiz  Turizm Sertifikasiyasi murojaatlari va sertifikatlangan ob`ektlarning sonini  jadal ravishda ortganini aytib o`tgan vazir Ersoy, turistik viloyatlar bo`lgan Aydin, Antalya va Mug`la kabi  viloyatlarda Kovid-19  bilan kasallanganlarning soni ham etarlicha past ekanligiga e`tiborni qaratdi. 

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, “ Bu erlarda ishlovchi minglarcha  tibbiyot xodmlarimiz  tufayli, bu shaharlarimiz turizm bilan bir qatorda  shu vaqtda alohida  Tibbiyot markazi  vaziyatida turibdi”, deyilgan bayonotida, quyidagilarga e`tibor berdi: 

“Pandemiya vaqtida mamlakatimizda ta`til o`tkazmoqchi bo`lgan mehmonlarimiz uchun  hammasini ikir-chikirigacha o`ylab chiqdik.  1 iyul holatiga ko`ra  mamlakatimizga keladigan  chet ellik mehmonlarimiz uchun  Kovid-19 testini o`z ichiga olgan tibbiy sug`urta paketini tashkil qildik.Shartnoma bilan kelishilgan aeroportlardan olingan  aviachiptalar, pasport nazoratidan oldin turli savdo joylari, tur operatorlari vaonlayn kanallar orqali xarid qilish mumkin bo`lgan, 15, 19 va 23 evrolik sug`urta paketlari doirasida 3 ming, 5 ming va 7 ming Evrogacha  barchatibbiy harajatlar qoplanadi.Mehmonlarimiz uchun qulay bo`lsin deb,xuddi Xavfsiz Turizm Sertifikatida bo`lganidek, Turkiyada bo`lgan vaqt mobaynida barcha  tafsilotlarni o`ylaymiz.”

“Yangidan kashf qil” uchrashuvi, Aspendos Antik Teatrida Davlat opera va balet Bosh Boshqarmasi tomonidan tashkil qilinadigan xususiy konsert bilan yakunlanadi. 

Turkiyaning “Xavfsiz Turizm Sertifikati” barcha mehmonlarning Turkiya  ta`tillarini xotirjamlik bilan  o`tkazishini ta`minlaydi. 

Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligining  boshlatgan va davlat bilan xususiy sektornig hamkorligida  rekordli muddat mobaynida ishlab chiqilgan va joriy etishga o`tilgan “Xavfsiz Turizm Sertifikati”, transportdan mehmonxonagacha,  ob`ekt xodimlaridan to yo`lovchilarning  o`z sog`liq ahvoligacha bo`lgan  keng qamrovli yangi chora-tadbirlarni tavsiflaydi. 

Barcha mehmonlarning Turkiyada ta`tillarini xotirjamlikda o`tkazishini ta`minlovchi “Xavfsiz Turizm Sertifikati” dasturiga oid barcha ma`lumotlar to`g`risida Turkiya Turizmni tanitish va Rivojlantirish Agentligining  www.tga.gov.tr internet manzilidan turk, ingliz, nemis va rus tillarida o`qish mumkin.

Turizmni Rivojlantirish Agentligi (TGA) to`g`risida: 

Turkiyaning ichki va tashqi turizm bozorida  brend vajoziba markaziga aylanishi,  oddiy va g`ayritabiiy, madaniy, biologik vainsoniyat mahsuli bo`lmish meroslarning kashf qilinishi, ishlab chiqilishi va tanitilishi,  qisqa, o`rta va uzoq muddatli  kommunikasiya va marketing  ishlari bilan Turkiyaning turizm hajmi va turizm investisiyalarining mamlakat iqtisodiyotiga  hissasi vaxizmat sifatini  orttirish maqsadida faoliyatini davom etmoqda. Agentlik, Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan belgilangan turizm strategiyasi va siyosati  yo`nalishidaTurkiyaning turizmmo`ljallariga  erishish, mavjud bo`lgan  turizm imkoniyatlarini jahon miqyosida tanishtirish va sotish bozorlarini kengaytirish,  salohiyatni turizm imkoniyatlarini  kashf qilgan tarzda  ishlab chiqish va foyda ko`rilishi bilan bog`liq barcha taqdimot/marketing/ aloqalar o`rnatish kabi faoliyatlarni yuritmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1