Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to`liq rioya etilishini ta`minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilandi.
Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta`minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo`l qo`ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan intizomiy ta`sir chorasi qo`llanilishi to`g`risida ogohlantirildi.
Eslatib o`tamiz, bundan tashqari, Maxsus komissiyaning qarori bilan Toshkent shahri mahallalarida blokpostlar qayta tiklanishi belgilandi.
Endi xorijdan kelganlar haqini to`lagan holda karantinni mehmonxonada ham o`tkazishi mumkin.
Shuningdek, supermarket va boshqa yirik do`konlarga kirishda xaridorlar bepul qo`lqop bilan ta`minlanadi.






