AsosiyJinoyat

“Asaka bank” Buxoro viloyat filiali bo`lim rahbari va MChJ direktori qo`lga tushdi

'“Asaka bank” Buxoro viloyat filiali bo`lim rahbari va MChJ direktori qo`lga tushdi'ning rasmi

Buxoroda 6 nafar fuqaroning nomidan bank plastik kartalarni ochib, faoliyat yuritgan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.M.F” MChJ rahbari N.X. AT “Asaka bank” Buxoro viloyat filiali bo`lim rahbari F.F. bilan oldindan til biriktirib, jinoyatga qo`l urgani aniqlandi. 

Mansabdorlar 6 nafar fuqarolarning xabardorligisiz, ularning nomiga bank plastik kartalarni rasmiylashtirib, 1,6 mlrd so`m pul mablag`larini naqdlashtirib, savdo va xizmat ko`rsatish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “B.M.F” MChJ rahbari N.X. va AT “Asaka bank” Buxoro viloyat filiali bo`lim rahbari F.F.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 189-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar