Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, fuqaro Sh.I. M.S.ning ishonchiga kirib, tumanda savdo do`koni qurishi uchun er maydoni ajratib berish to`g`risidagi hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, evaziga uning 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, kompyuter texnikasidan foydalangan holda qalbaki hujjatlarni tayyorlab berganligi aniqlangan.
O`tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko`ra fuqaro Sh.I. tomonidan tayyorlangan hujjatlar qalbaki ekanligi ma`lum bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining
168-moddasi 2-qismi “v” bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






