AsosiyJinoyat

Farg`onada 17 yoshli qizning kaltaklanishi tafsilotlari ma`lum qilindi

'Farg`onada 17 yoshli qizning kaltaklanishi tafsilotlari ma`lum qilindi'ning rasmi

Sal avval, Farg`onada 17 yoshli qizni kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda Farg`ona viloyati  IIB hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.  

Aniqlanishicha, fuqaro N.X. 2020 yil 31 may kuni Farg`ona shahar Yuksalish ko`chasida joylashgan I.Karimov nomidagi San`at saroyi hududidagi yo`lning chetida harakatlanib ketayotgan vaqtida, Farg`ona shahar, A.Yassaviy ko`chasida istiqomat qiluvchi voyaga etmagan Kamaletdinova Evelina Ruslanovnaning etaklab yurgan iti unga yaqinlashganini ko`rib, qo`rqib ketganligi sababli, uning itini o`zidan uzoqlashtirmoqchi bo`lgan.

Shunda E.Kamaletdinova bu holatni noto`g`ri tushunib, fuqaro N.X.ni haqorat qilib, urib yuborgan vaqtida fuqaro N.X. ham E.Kamaletdinovani yuz qismiga qo`li bilan urib tan jarohati etkazgan. Fuqaro N.X. va voyaga etmagan E.Kamaletdinovalar o`rtasidagi o`zaro janjal voyaga etmagan E.Kamaletdinovaning tashqi ko`rinishi yoki millati bilan bog`liq emasligi jinoyat ishidagi dalillar bilan o`z tasdig`ini topdi.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlariga kirishilgan.Hozirda jinoyat ishi belgilangan tartibda ko`rib chiqish uchun tegishli sudlovga yuborilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid eng ishonchli ma`lumotlarni bizning internetdagi saytlarimiz orqali olishingiz mumkin. Asoslanmagan ma`lumot va xabarlarga aldanib qolmang" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar