AsosiyDunyo

OAV: Turkmanistonda koronavirusga chalinish holati qayd etildi

'OAV: Turkmanistonda koronavirusga chalinish holati qayd etildi'ning rasmi

Turkmanistondagi S.Niyozov nomidagi davolash-konsultativ markazining olti nafar xodimida, xususan, shifokorlarda COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri xabar tarqatgan, deya yozdi "Daryo" 

Infeksiyaga chalinganlarning uch nafarining holati o`rtacha og`irlikda ekani aytilmoqda.

Markazda yuqumli kasalliklar bo`limi mavjud emas, shuning uchun bemorlarning bir qismi Cho`ganlidagi kasalxonaga, qolganlar esa Axal viloyatida tayyorlab qo`yilgan izolyatorlarga joylashtirilgan.

S.Niyozov nomidagi davolash-konsultativ markazi — Turkmanistonning eng katta tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Unda mamlakat bo`yicha bir yil davomida o`n minglab odamlar tibbiy ko`rikdan o`tib, davolanadi. Bemorlarning hammasi markaziy qabul bo`limida ro`yxatga olinadi.

Muassasa shifokorlarning malakali ekani, xizmatlar boshqa zamonaviy kasalxonalardagidan ancha arzonligi tufayli xalq orasida ommaviylashgan.

«Xronika Turkmenistana» nashrining yozishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentligi davrida qurilgan yangi kasalxonalarga tibbiyot xodimlarini olishda, asosan, tashqi ko`rinish va nomzodlarning 35 yoshdan katta emasligiga e`tibor qaratilgan.

Eslatib o`tamiz, sal avval Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus bor-yo`qligini tekshirish uchun JSST kelishiga tayyorgarlik ko`rayotgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar