Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In mamlakatning Markaziy harbiy yig`ilishini o`tkazdi va Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini to`xtatishga qaror qildi, deya xabar bergan Koreya markaziy telegraf agentligi. Yig`ilishda, shuningdek, «mamlakatning harbiy bazasini yanada kuchaytirish» choralarini belgilovchi hujjatlar ko`rib chiqilgan.
KXDR va Janubiy Koreya o`rtasidagi siyosiy ziddiyat Janubning Shimolda targ`ibot varaqalarini tarqatish rejalari tufayli kuchaymoqda, bu Pxenyanga ko`ra, ikki mamlakatning harbiy qarama-qarshiliklarni oldini olishga qaratilgan shartnomasini buzmoqda.
Avvalroq, KXDR chegara tomonida qo`shma aloqa idorasini portlatgan, Janub bilan muloqotni to`xtatganini va harbiy harakatlar bilan tahdid qilayotganini e`lon qilgandi.
Keyinchalik Koreya Xalq Armiyasining Bosh shtabi koreyslararo paktga binoan qurolsizlantirilgan hududlarga qaytish va «front chizig`ini qal`aga aylantirish» bo`yicha harakat rejasini o`rganayotganini ma`lum qildi.
Ta`kidlash joizki, yaqinda Shimoliy Koreya harbiylari demilitarizasiya qilingan zonaning yaqinida karnaylarni o`rnatayotganda ko`rishgan. Bunday tizimlar ikki Koreya 2018 yilda «barcha dushman harakatlar»ni to`xtatish to`g`risida kelishuv imzolaganidan keyin olib tashlagan.






