AsosiyJamiyat

IIV matbuot kotibi qoidani buzgan, jazolangan va ishdan olingan ichki ishlar xodimlari sonini ochiqladi

'IIV matbuot kotibi qoidani buzgan, jazolangan va ishdan olingan ichki ishlar xodimlari sonini ochiqladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, "Yuksalish" umummilliy harakati  va O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida o`tkazilgan jamoatchilik muloqotida ichki ishlar organlari faoliyati muhokama qilindi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov aholi orasida IIB xodimlari qonunni talab qiladi o`zlari rioya qilmaydi, deydiganlarga javoban ayrim faktlarni ochiqladi:

Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash bo`yicha ko`p ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019 yilda jami 7039 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo`llanilgan. Yo`l harakati qoidalarini buzgan 1223 xodim jarimaga tortilgan. 133 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Joriy yilda esa 2350 xodim xizmat intizomini buzgani aniqlandi. 529 nafari yo`l harakati qoidalarini buzgan hamda 45 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. 78 nafar xodimimiz karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan, bir nafari ishdan bo`shatilgan.

Shuningdek, Respublika bo`ylab 300 mingdan ortiq fuqaro karantin talablarini buzganligi uchun jarimaga tortilgan. 120 ming fuqaro esa ogohlantirilgan. Faqat jazolash emas balki 30 foizdan ortiq holatlarda ogohlantirilganligini ham inobatga olish zarur. Yana bir narsani unutmaylik. IIOning nomini bulg`ayotgan ba`zi xodimlar ham oydan tushishmagan. O`zimizni ichimizdan, jamiyatdan chiqqan odamlar. So`zda emas, amalda qonun ustuvorligini ta`minlash — asosiy vazifamizdir, - degan IIV Matbuot xizmati rahbari. 

 

    Boshqa yangiliklar