Google kompaniyasi foydalanuvchilar tarixini saqlash tizimiga jiddiy o`zgartirish kiritdi. Endi kompaniya ishlab chiqaruvchilari joylashgan manzil, qidiruv va YouTubeda tomosha qilingan videolar tarixini avtomatik ravishda o`chirishni boshlaydi.
«Mahsulotlarimizni ishlab chiqarishda biz asosiy uch qoidaga: ma`lumotlar xavfsizligi, ularga bo`lgan mas`uliyat va nazoratga qat`iy e`tibor beramiz. Biz ma`lumotlarni sizga kerakli bo`lgunga qadar saqlashimiz kerak, deb o`ylaymiz. Zero, sizlar Google xaritadan kerakli, sevimli manzillaringizni topishingiz yoki YouTube`dan to`g`ri tavsiyalar olishingiz kerak», - deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarni o`chirish vaqti xizmatdan foydalanishga bog`liq:
• Manzil ma`lumotlari va qidiruv natijalari tarixi oradan 18 oy o`tib o`chirib, tozalanadi.
• YouTubeda tomosha qilingan videolar tarixi esa 36 oydan keyin o`chib ketadi.
Ishlab chiqaruvchilar ushbu qoidalar faqatgina yangi foydalanuvchilar uchun taalluqli ekanligini alohida ta`kidlagan.






