AsosiyDunyo

"New York Times" gazetasi ham nihoyat taslim bo`ldi va pandemiya tufayli xodimlarni ishdan bo`shatishni boshladi

'"New York Times" gazetasi ham nihoyat taslim bo`ldi va pandemiya tufayli xodimlarni ishdan bo`shatishni boshladi'ning rasmi

"NYT Co." kompaniyasi rahbari Mark Tompson jamoada 68 ta lavozim qisqarishi haqida barcha xodimlariga xat jo`natdi. Ushbu qisqartirish tahririyatga ta`sir qilmaydi. Ishdan bo`shatilganlarning asosiy qismi savdo bo`limi xodimlari.

Shuningdek, "NYT" rahbariyati "Fake Love" eksperimental marketing agentligini ham yopdi. Aprel oyi o`rtalarida Tompson o`z intervyusida uning kompaniyasi inqirozga tayyor ekanini aytgandi, chunki u doimiy obuna biznesini yo`lga qo`yib olgan edi va aksariyat boshqa nashrlarga o`xshab endi faoliyati reklama daromadiga bog`liq emas. Darvoqe, 2020 yilning dastlabki uch oyida "NYT" reklama daromadi 16 foizga tushdi.

    Boshqa yangiliklar