AsosiyJinoyat

Yangierda voyaga etmagan qizchani avtomashina turtib yubordi

'Yangierda voyaga etmagan qizchani avtomashina turtib yubordi'ning rasmi

2020 yil 23 iyun kuni fuqaro M.N boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinani Sirdaryo viloyati Yangier shahar hududidan o`tgan M-34 avtomobil yo`lining 140 km da boshqarib ketayotib, yo`lning shu qismida piyodalar o`tishi uchun yo`lagi bo`lmagan joyda o`ng tomondan chap tomonga o`tayotgan 2015 yilda tug`ilgan voyaga etmagan E.Sh.ni avtomashinaning old chap qismi bilan urib yuborib yo`l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada voyaga etmagan E.Sh. og`ir tan jarohati olib RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish bo`limiga yotqizildi.

Shu o`rinda ota-onalarimizdan farzandlarimizni yolg`iz, nazoratsiz ko`chaga chiqarmasliklarini, doimiy ravishda ularni nazorat qilib turishlarini so`rab qolamiz.

Aks holda yuqoridagi holat har birimizning farzandlarimiz bilan ham sodir bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar