Avvalroq, 2006 yil Qo`shtepa tumanida tug`ilgan, Kattaboltako`l MFYda istiqomat qiluvchi Baratov Muhammadaziz Akbarjon o`g`lining 24 iyun kuni yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolganligi haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB JQB hamda Qo`shtepa tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida bedarak yo`qolgan Muxammadaziz Baratov Qo`qon shahridan topilib ota-onasiga sog`-salomat holda topshirildi.






