1

AQSh delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyurmoqda

Siyosat 29.06.2020, 16:20
AQSh delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyurmoqda

2020 yilning 29 iyun – 1 iyul kunlari AQShning Afg`onistondagi yarashish masalalari bo`yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporasiyasi (DFS) bosh ijrochi direktori Adam Boler O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Tashrif dasturida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, tashqi ishlar, investisiyalar va tashqi savdo, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish ko`zda tutilgan.

Bo`lajak uchrashuvlar davomida Afg`onistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qo`llab-quvvatlash masalalari, DFS mablag`larini O`zbekistonda investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilish istiqbollari muhokama qilinadi.

AQSh delegasiyasi 30 iyun kuni videokonferensaloqa orqali bo`lib o`tadigan “Markaziy Osiyo – AQSh” («S5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1