Qirg`izistonda barcha davlat xizmatchilari masofadan ishlashga o`tkazildi

Dunyo 29.06.2020, 18:42
Qirg`izistonda barcha davlat xizmatchilari masofadan ishlashga o`tkazildi

Qirg`izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni ko`payib bormoqda, ammo favqulodda holat e`lon qilishga hojat yo`q. Bu haqda sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Madamin Karataev brifingda ma`lum qildi, deya yozmoqda 24.kg.

Uning so`zlariga ko`ra, bunday qaror Bosh vazir Qubatbek Boronov bilan uchrashuvda qabul qilingan.

«Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi rahbariga ma`lum choralar ko`rish to`g`risida ko`rsatma berildi. Xususan, davlat xizmatchilarining ishini masofadan turib ta`minlash. Shuningdek, O`sh va Bishkek shahar hokimlariga bozor va savdo markazlari ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi mahalliy ma`murlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borishi kerak ", dedi Madamin Karataev.

Ayni paytga qadar Qirg`izistonda 4 ming 204 kishiga koronavirus tashxisi qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1