1

Dunyoda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 500 mingdan oshib ketdi

Dunyo 29.06.2020, 22:13
Dunyoda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 500 mingdan oshib ketdi

Manbalarga tayanib russian.com yozishicha butun dunyo bo`ylab koronavirus qurbonlari soni 500 ming kishidan oshib ketdi.

Jonsa Xopkinsa universiteti ma`lumotlariga ko`ra, COVID-19 qurbonlari soni bo`yicha birinchi o`rinda AQSh ketmoqda: 125,7 ming kishi. Ikkinchi o`rin — Braziliya (57 ming), uchinchi — Buyuk Britaniya (43,6 ming). Ulardan keyingi o`rinlarni Italiya (34,7 ming), Fransiya (29,7 ming), Ispaniya (28,3 ming) va Meksika (26,3 ming) egallab turibdi. Rossiya ushbu ko`rsatkich bo`yicha 12-o`rinda ketmoqda.

29 mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan, 7 iyunda esa 400 ming nafardan oshib ketgani haqida xabar bergandi.

Hozirgacha O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 22 nafarga etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1