Fransiyada oziq-ovqat mahsulotlarini etiketlash to`g`risida yangi qonun qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, hayvon mahsulotlariga tegishli atamalarni o`simlik mahsulotlariga qo`llash taqiqlanadi.
Endilikda, "Sabzavotli bifshteks" kabi atamalar uchun jarimalar belgilanadi. Qonun mualliflarining izoh berishicha, tabiiy go`sht analoglarini ishlab chiqaruvchilar uchun cheklovlar mahsulot tarkibi to`g`risidagi ma`lumotlarning oshkoraligini oshiradi.
Evropa Vegetarianlik Ittifoqi (EVI) vakillari mazkur qonun tashabbusiga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, hujjat mutlaqo teskari ta`sir ko`rsatadi: qonun aniqlik kiritmaydi, balki "go`sht iste`mol qiluvchilar" va "vegetarianlar"ni chalg`itadi.






