1

Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga etkazib berishga tayyor

Dunyo 01.07.2020, 14:42
Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga etkazib berishga tayyor

Rossiya Federasiyasi Sog`liqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakat COVID-19 ga qarshi vaksina va test tizimlarni jahon bozoriga etkazib berishga tayyorligini ma`lum qildi. Bu haqda u «Global maqsad – kelajak uchun birlashamiz» onlayn sammitdagi chiqishi davomida so`z yuritdi.

«Pandemiyaning ikkinchi to`lqini xatarini inobatga olgan holda Rossiya jahon bozoriga to`g`ridan-to`g`ri virusga qarshi, jumladan, davolash uchun dorilar, test tizim va vaksina vositalarini etkazib berishga tayyor», deydi Murashko.

Eslatib o`tamiz, koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiyot muassasada ko`ngillilar guruhida o`tkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1