1

Qashqadaryoda o`zini osgan 18 yoshli juvon yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

Jinoyat 02.07.2020, 11:07
Qashqadaryoda o`zini osgan 18 yoshli juvon yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

Biroz avval  Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo`raeva o`z joniga qasd qilganligi haqidagi xabar bergandik. 

Holat yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.   

"2020 yil 9 may kuni Koson tumani, I.Karimov ko`chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Jo`raeva (2002 y.t.) o`zini osib, vafot etgan.

Tekshirish davomida, marhuma M.Juraevaning turmush o`rtog`i bilan o`rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo`lib kelganligi, turmush o`rtog`i uni haqorat qilib urib tan jarohati etkazib, sha`ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan 08.06.2020 yilda  Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O`zini o`zi o`ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan" deyiladi xabarda. 

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1