AsosiyJinoyat

Tamagirlik bilan shug`ullangan bank rahbarlari ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudi tamagirlik bilan shug`ullanib kelgan ATB "Qishloq qurilish bank" xamda DT "Xalk banki"ning viloyatdagi rahbarlarini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Sud ATB "Qishloq; qurilish bank" Andijon mintaqaviy filiali boshqaruvchisi vazifasida ishlab kelgan H..Ahmadaliev va DT "Xalq banki" viloyat filiali etakchisi R.Saydalievlarni kredit olish uchun murojaat etgan "Subhidam g`unchasi" MChJ rahbaridan tamagirlik yo`li bilan katta miqdorda pora olganlikda aybdor deb topdi.

"Subxidam gunchasi" MChJ 2008 yildan buen aholiga tibbiy va maishiy xizmat kursatish bilan shugullanib kelgan. Tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishni mo`ljallagan jamiyat raisi 950 mln. sum mikdorida kredit ajratib berishni so`rab, "Qishloq qurilish bank» Andijon mintaqaviy filialiga murojaat qiladi. Bank boshqaruvchisi X.Ahmadaliev esa 5 ming AQSh dollari evaziga tadbirkor talabini ijobiy hal qilishga rozilik beradi. MChJga ajratilgan kreditni moliyalashtirish davomida bank boshqaruvchisi mijozdan yana 70 mln. so`m talab qiladi. Tadbirkor boshlab qo`ygan ishlarini davom ettirish uchun bu taklifga ham rozi bo`ladi va talab qilingan pulning yarmini bo`lib-bo`lib beradi.

DT «Xalq banki» Andijon viloyat filialiga 2 mlrd so`m moliyaviy ko`mak so`rab murojaat qilgan tadbirkor-shifokor bu erda ham tamagir rahbarga duch keladi. Mansab vakolatini suiiste`mol qilgan bank boshkaruvchisi R.Saydaliev mijozdan dastlab 3 ming AQSh dollari, kredit pullarini rasmiylashtirish davomida yana 22 ming AQSh dollarini "xizmat haqi" sifatida sanab oladi. Ajratilgan kreditlarni olgunga qadar tadbirkor bankning amaliyot bo`limi boshlig`i Sh.Madalimovga 2 ming, "Kuyganyor" bo`limi boshlig`i Sh.Rustamovga esa 2300 AQSh  dollari berishga majbur buladi.

Sud hukmi bilan tamagir bankirlar 6 yildan 10 yilgacha bulgan muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

    Boshqa yangiliklar