1

Qashqadaryo: "yashil" hududlar yana "qizardi"

Jamiyat 03.07.2020, 18:39
Qashqadaryo: "yashil" hududlar yana "qizardi"

G`uzor tumanida mashinalar harakati to`xtatilib, Qashqadaryoning yana 3ta tuman (shahar)ida qator mahallalar "qizil"ga aylangani haqida xabar bergan edik.

Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar)larning toifalarida o`zgarish bo`ldi. Ayrim mahallalar ham "qizil" toifaga o`tkazildi.  Bu haqda Viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari - maxsus komissiya a`zosi Ahror Sodiqov ma`lum qildi.

2020 yil 3 iyuldan viloyat maxsus komissiyasi qarori bilan koronavirus infeksiyasi qayd etilgan quyidagi hududlar “Yashil” toifadagi hududdan “qizil” toifaga o`tkazildi:

🔴 G`uzor tumani hududi;

🔴 Qarshi shahridagi ayrim mahallalar - "Mag`zon", "Qilichbek-Qo`rg`oncha", "Otchopar", "Qarlig`bog`ot", "Naxshab", "Xudoyzod", "Komilon", "Tabassum", "Kunchiqar", "Mustaqillik", "Istiqlol", "Sho`rtan";

🔴 Qarshi tumanidagi ayrim mahallalar - “Bog`obod”, “Guliston”, “Xonobod”, “Chorgumbaz”;

🔴 Koson tumanidagi "Quyiobron" mahallasi;

Qarshi shahar, Koson va Qarshi tumanlari “sariq” toifaga o`tkazildi. Shuningdek, Muborak, Kitob va Chiroqchi tumanlari "qizil"dan "sariq" hududga o`zgardi. (Shunday qilib, viloyatda "yashil" hududlar - 8 ta, "sariq" hududlar - 6 ta, "qizil" hududlar - 1 ta)  

Ma`lumot uchun, avvalroq viloyatning Muborak, Chiroqchi va Kitob tumanlari "qizil" hududga kiritilganligi haqida xabar qilingan edi.

Bugundan boshlab yuqoridagi “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda o`rnatilgan cheklovlar va karantin talablari qat`iy ravishda joriy etiladi.

Maxsus komissiya qaroriga ko`ra, “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07-00dan 23-00ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to`planish hamda 23-00dan 07-00ga qadar ko`chalarda, ko`p qavatli uylar va hovlilar oldida bo`lish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, xomiladorligi munosabati bilan shifokor ko`rigidan o`tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.  

Mazkur cheklovlarga rioya etmaganlar, karantin talablarini buzgan deb hisoblanib, belgilangan tartibda ma`muriy javobgarlikka tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1