1

COVID-19: AQSh, Braziliya va Hindistonda vaziyat hali ham tashvishli

Dunyo 04.07.2020, 11:34
COVID-19: AQSh, Braziliya va Hindistonda vaziyat hali ham tashvishli

AQShda oxirgi sutka mobaynida yana 53 mingdan ziyod kishi virus tashuvchisi ekanligi aniqlandi. Pandemiya boshlangandan buyon mamlakatda kasallangani ma`lum bo`lgan kishilar soni 2 million 700 mingdan oshib ketdi. Agar epidemiya tarqalishi shu sur`atda davom etadigan bo`lsa, bir haftadan so`ng bu raqam 3 milliondan ortadi.

Texas shtatida yana jamoat joylarida, ko`chalarda majburan himoya niqobi taqish tartibi joriy etildi.

Floridada kechadan boshlab ommaviy plyajlar yopildi. Mutaxassislar e`tirofiga ko`ra, bugun mamlakat bo`ylab nishonlanayotgan «Mustaqillik kuni» bayrami AQSh aholisi tomonidan ochiqchasiga tashvish hissi bilan kutib olindi.

Bir necha kun oldin professor Fauchi tomonidan senatdagi yig`ilishda virus yuqishi bilan bog`liq kundalik o`sish sur`ati ikki baravar oshishi bashorat qilindi.

JSST katta epidemiologi Mariya van Kerxouv kuni kecha quyidagi mazmunda bayonot berdi: «Hammamiz yaxshi bilamiz va buni ishonch bilan gapiryapmiz, virus tarqalishining asosiy omili - havo-tomchi usuli orqali yuqish. Ya`ni, zararlangan odam yo`talganda, aksirganda yoki shunchaki birov bilan gaplashganda mayda suyuq tomchilar yoki so`lak sachratadi. Eng yomoni shu inson o`zi bemorligini bilmasligi mumkin, chunki kasallik ko`pchilikda barchaga ma`lum bo`lgan belgilarsiz kechyapti».

Braziliyada ham vaziyat juda og`ir. Mamlakat prezidenti Bolsonaru biznes nuqtalari faoliyatini qayt tiklashni talab etdi. Afsuski, Rio-de-Janeyroda ochilgan savdo ob`ektlarida mijozlar, mahsulot xarid qiluvchilar juda kam.

“Clementino Fraga Filho” universiteti shifoxonasining ilmiy ishlar bo`yicha direktori Robertu Medronu bunday deydi: «Hozir iqtisodiyotni yurgizib yuborish uchun juda noqulay vaqt, chunki ayrim shtatlarda kasallanganlar sonining kunlik o`sishi pasaya boshlagan bo`lsada, boshqalarida bu ko`rsatkich yuqorilab boryapti. Xastalikning yangi o`choqlari paydo bo`lmoqda. Demak, epidemiya nazoratga olinmagan bir paytda, menimcha iqtisodiy muammolarni bartaraf etish bilan shug`ullanish faqat ziyon keltiradi».

Milliarddan ortiq aholisi bor Hindistonda hozir 630 ming kishi koronavirusga chalingani ma`lum. Yangi xastalanganlarni aniqlash uchun test tadbirlari amalda dala sharoitlarida o`tkazilmoqda.

Yuqumli kasalliklar shifokori Xeta Mxatrening so`zlariga qaraganda, «dastlab kimda infeksiya belgilari borligi aniqlanadi, keyin takroriy tashxis amalga oshiriladi. Isitma va o`pkaning kislorod bilan ta`minlanish darajasi tekshiriladi».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1