Pokiston Tashqi ishlar vaziri koronavirus yuqtirdi

Dunyo 04.07.2020, 13:59
Pokiston Tashqi ishlar vaziri koronavirus yuqtirdi

O`tgan juma kuni Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy koronavirus infeksiyasini yuqtirganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Bu haqda yuz.uz yozmoqda.

“Bugun men haroratim biroz oshganini his qildim va shu zahotiyoq uyda karantinni boshladim. COVID-19 ga test topshirdim va tahlil musbat natija berdi. Ollohning inoyati bilan o`zimni kuchli va baquvvat his qilyapman. Hukumat oldidagi o`z vazifalarimni uydan turib bajarishda davom etaman. Iltimos, meni duo qilinglar”, Tashqi ishlar vazirining Tvitterdagi so`zlarini keltiradi Rossiyaning «Novosti» axborot agentligi.

So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, Pokistonda 223 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 4,5 mingdan ortiq inson vafot etgan.

Bugungacha Pokiston Milliy Assambleyasi spikeri Asad Qayser, Sind viloyati gubernatori Imron Ismoil, Pokiston Xalq partiyasi rahbari Said G`ani va Temir yo`llar vaziri Shayx Rashidga COVID-19 ni yuqtirgani aniqlangan edi. Ularning barchasi butkul sog`ayib ketdi, deya aniqlik kiritmoqda “Novosti” axborot agentligi.

Shuningdek, mamlakatda koronavirusga chalingan bir qator siyosatchilar ushbu kasallikdan vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1