AsosiyDunyo

Habib Nurmagomedov otasini so`nggi manzilga kuzatdi

'Habib Nurmagomedov otasini so`nggi manzilga kuzatdi'ning rasmi

Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirusdan vafot etgani haqda xabar bergan edik. 

Bugun taniqli murabbiy  so`nggi manzilga kuzatildi. U o`zining ona shahri  — Kirovaul qishlog`ida dafn etildi. Janozada marhumning eng yaqinlari ishtirok etdi.  

Nurmagomedovning oilasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin  hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, Habib Nurmagomedovning azaliy raqibi  Konor Makgregor ham Abdulmanap Nurmagomedovning vafoti munosabati bilan ta`ziya  bildirdi.

«Ota, murabbiy va sport fidoyisi vafot etdi. Hamdardlik bildiraman, alvido Abdulmanap Nurmagomedov», — deya yozib qoldirgan Makgregor Twitter’dagi sahifasida.

Ma`lumot o`rnida, Murabbiy sambo bo`yicha 18 nafar jahon chempionini tarbiyalab, «Ginnesning rekordlar» kitobiga kirgan edi. Va uning asosiy yutug`i UFC chempioni, farzandi Habib edi. 

    Boshqa yangiliklar