1

Tojikistonda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar qancha jarima to`laydi?

Dunyo 04.07.2020, 18:55
Tojikistonda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar qancha jarima to`laydi?

Bugun, 4 iyul kuni Prezident Emomali Rahmon ilgari mamlakat parlamenti palatalari tomonidan qabul qilingan bir qator qonunlarga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi, deb xabar beradi “Dunyo” Axborot agentligi.

Xabar berilishicha, Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga hamda Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi kodeksga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan. Unda sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi qoidalarni, shu jumladan karantinni cheklovchi choralar talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo ko`zda tutilgan. 

Endilikda jamoat joylarida himoya niqobini taqmagan fuqarolarga nisbatan 116 somoniydan 290 somoniygacha (bu 11,6 dan 29 AQSh dollarigacha to`g`ri keladi) jarima qo`llaniladi.

Shuningdek, OAVlarda koronavirus pandemiyasi to`g`risida yolg`on ma`lumot tarqatgan jismoniy shaxslar 580 somoniydan (taqriban 58 dollar atrofida), yuridik shaxslar esa – 11, 6 ming somoniygacha (1160 dollar) jarimaga tortiladi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 3 iyul kuni Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanganlar  soni 6108 kishiga etgan. Shundan 4762 nafari (77,9%) sog`aygan, 52 bemor vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1