1

Olimlar jamoaviy immunitet hosil bo`lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini aytdi

Dunyo 05.07.2020, 19:19
Olimlar jamoaviy immunitet hosil bo`lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini aytdi

Insonlarning 50 foizdan ortig`i infeksiyaga chalinsa, koronavirus epidemiyasining tarqalishi kamaya boshlashi mumkin. Agar insonlarning ma`lum bir qismi avval boshidan ushbu virusga qarshi immunitetga ega deb taxmin qilinsa, kollektiv immunitetni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan foiz miqdori bundan ham kamroq bo`lishi mumkin. Bu haqda "RBK"ga tayanib Daryo yozmoqda..

Tibbiyot fanlari doktori, Mechnikov nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining vaksinoprofilaktika laboratoriyasi mudiri Mixail Kostinovning so`zlariga ko`ra, yaxshi immunitet qatlami uchun 75 foiz kasallanganlar kerak. Uning ta`kidlashicha, bu kabi raqamlar gripp bilan kasallanish holatini o`rganish davomida orttirilgan tajribalardan olingan.

«50 foiz kasallanish ham virus tarqalishini to`xtatadi, biroq uning samarasi kam. Aholini vaksinasiyalash ko`lami 25-35 foizni tashkil etsa, epidemiya hech erga ketmaydi. Ammo koronavirus boshqa infeksiyalardan biroz farq qiladi, shu sababli immunitet qatlami 75 foiz bo`lsa-da, baribir xavf guruhida odamlar qolaveradi», — deydi Kostinov.

Shu bilan birga, Kostinovning ta`kidlashicha, vaksinasiya «dunyoni qutqarmaydi» va shaxsiy gigienaga rioya qilishni, surunkali kasalliklarni davolashni davom ettirish kerak.

«Shunga qaramay, vaksinasiyasiz ushbu infeksiya rivojlanishini to`xtatishning iloj yo`q. Tabiiy immunitet paydo qilingan taqdirda ham xavf saqlanib qoladi, chunki aholi orasida keksalar, surunkali kasallikka ega insonlar va immunitetida nuqsoni borlar mavjud», — deydi ekspert.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1