1

Merilin Monro ro`moli Parij teatrini bankrotlikdan saqlab qoldi

Dunyo 06.07.2020, 06:40
Merilin Monro ro`moli Parij teatrini bankrotlikdan saqlab qoldi

Parijdagi “Italiya komediyasi teatri” Merilin Monro ro`molini 300 000 evroga sotish orqali bankrotlikdan qutulib qoldi. Mablag` evaziga rahbariyatda qarzlarni to`lash va teatr ishini davom ettirish imkoyati paydo bo`ldi.

Mashhur aktrisaning ipak ro`moli teatr rejissyori va tashkilotchisi Attilio Maggiliga tegishli edi. Uzoq yillar davomida Maggili ro`molni qabulxonada saqlab kelar edi.

Ro`molning esa juda qiziqarli tarixi bor. Monro o`limidan ikki yil oldin ro`molni Nyu-Yorkdagi Valdorf Astoria mehmonxonasining ayollar xonasida qoldirib ketadi. Shundan keyin ro`mol rassom Endi Uorxol qo`liga tushib qoladi.

U vaqt o`tib ro`molni kolleksioner Leo Kastelliga sovg`a qiladi. Vanihoyat, Leo sovg`ani uning hozirgi egasi, “Italiya komediyasi teatri” rejissyori Attilio Maggiliga berishga qaror qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1