1

Koronavirusning kuchi qachon pasayishi ma`lum qilindi

Dunyo 06.07.2020, 08:52
Koronavirusning kuchi qachon pasayishi ma`lum qilindi

 Bu haqda “Komsomolskaya pravda" nashri xabar qilgan. Unga ko`ra, koronavirusning tajovuzkorligi kamida bir yildan keyin pasayadi, deb ma`lum qilgan virusolog olim, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn.  

“Balki bu davr bir yildan uch yilgacha cho`zilar. Undan ko`proq ham bo`lishi mumkin. SARS-CoV-2 ana shunday virus”, degan professor.

Olim virus odamdan odamga o`tgani sari moslashib, o`z tashuvchisini o`ldirmaslikka o`rganishini aytdi. Altshteynning aniqlik kiritishicha, koronavirusga og`ir kasallik chaqirish foydali emas, chunki inson boshqalar bilan muloqot qilmay qo`ysa, infeksiya boshqalarga o`tolmay qoladi.

“Koronaviruslar organizmga nisbatan engil munosabatda bo`lishga moslashgan, ya`ni uning imkoniyatlaridan foydalanadi, ko`payadi, kuchli zarar etkazmasdan uning hisobiga yashaydi”, deya qo`shimcha qilgan olim.

U yangi virus ana shu yo`ldan ketishiga umid qilarkan, SARS-CoV-2 boshqa koronaviruslardan yuqori darajadagi yuqumliligi bilan farq qilishini qayd etib o`tdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1