1

Xitoyda koronavirusdan ham xavfli bo`lgan qora o`lat tarqaldi

Dunyo 07.07.2020, 07:53
Xitoyda koronavirusdan ham xavfli bo`lgan qora o`lat tarqaldi

Xitoy shimolidagi Bayan-Nur shahrida qora o`lat xavfining uchinchi darajasi e`lon qilindi, deb xabar bermoqda «RBK» Sinxua’ga tayanib, deb yozdi "Daryo"

Kasallanish holati Ichki Mo`g`uliston muxtor viloyatida qayd etilgan. Bayan-Nur kasalxonasiga hayot uchun xavfli bo`lgan ushbu infeksiyaga chalingan bemor keltirilgan.

Bayan-Nur shahri sog`liqni saqlash qo`mitasi xabariga ko`ra, ayni paytda qora o`latning Bayan-Nur shahrida tarqalishi xavfi mavjud. Shu munosabat bilan sug`urlar va boshqa hayvonlarni ovlash, ularni iste`mol qilish taqiqlanadi. Shuningdek, aholi tana harorati yuqori odamlarning to`satdan vafot etgani haqida rasmiylarni xabardor qilishi lozim.

Tibbiyot fanlari doktori, o`ta xavfli kasalliklar bo`yicha mutaxassis bo`lgan rossiyalik Vladislav Jemchugovning aytishicha, Xitoy va Mo`g`uliston o`latning ming yillardan buyon tabiiy o`choqlari hisoblanadi. Uning so`zlariga ko`ra, Xitoyda qora o`lat tarqalganining hech ajablanarli tomoni yo`q. «U erda maxsus xizmatlar bor, Mo`g`ulistonda ham tegishli xizmatlar bor. Shunday ekan, buning hech qanday qo`rqinchli tomoni yo`q»,— degan u.

Infeksionistning ta`kidlashicha, Rossiyaning Osiyo mamlakatlariga chegaradosh ayrim hududlari — Oltoy, Tuva, Irkutsk viloyati ham qora o`latning tabiiy o`chog`i hisoblanadi.

«Bu haqiqatdan ham tez-tez sodir bo`lib turadi — kuzda Xitoyda, bizda esa bir necha yil avval Oltoyda sodir bo`lgandi», — deydi Jemchugov. Uning qo`shimcha qilishicha, mahalliy aholi sug`urlar, yumronqoziqlarni eydi. Uning bildirishicha, hozirda Xitoyda harbiylar ishtirokida haqiqiy karantin e`lon qilindi. Chunki qora o`lat xavflilik darajasiga ko`ra, koronavirusdan ham birinchi o`rinda turadi.

Ma`lumot uchun, qora o`lat kemiruvchilar (yumronqoziq, sug`urlar, qum sichqonlari, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar)da yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.

O`lat mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo`l bilan (masalan, burga chaqqanda), ba`zan kasal hayvon go`shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go`sht ishlatilganda yuqadi.

Kasallikning o`ziga xos xususiyati limfa tugunlarining og`riqli yallig`lanishi hisoblanib, buning ortida g`urralarga o`xshash bezlar hosil bo`ladi. Kasallikning inkubasion davri 2-6 kunni tashkil qiladi.

Qora o`latning tarqalishining odatiy usuli kalamush—burga—odam sxemasi hisoblanadi, ammo o`tmishdagi keng miqyosli epidemiyalar paytida odam—burga—odam sxemasi bo`yicha o`latga chalingan kishi infeksiyaning manbasi bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1