Paxtachi tumani “Hayit Elbegi” mahallasida yashovchi fuqaro B.J. 2020 yil 23 iyun kuni Paxtachi tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, o`z arizasida 2020 yil 18 iyun kuni soat taxminan 22:00larda Paxtachi tumani “Qirguli” mahallasi hududidagi tog`dagi chorvachilik fermer xo`jaligining erlaridan qaytayotgan vaqtida tanishlari Paxtachi tumani “Suluvqo`rg`on” mahallasida yashovchi fuqarolar A.S., A.D., A.I.lar bilan chorvachilik erlari ustida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashib qolganligini, janjalda ular uni urib tan jarohati etkazganligini, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Paxtachi tumani sud-tibbiy ekspertiza bo`linmasining xulosasida fuqaro B.J. tanasida chap elka bo`g`ini sohasi yumshoq to`qimalarining lat eyishi, chap ko`z atrofi qontalashi, boshining ensa sohasi o`ng tomoni, o`ng tepa-chakka sohasi, peshona yuqori va chap tomoni, burun qanshari sohasi, og`iz o`ng burchagi sohasi urilib-yirtilgan yaralari aniqlangan. Bundan tashqari, burun suyagining ochiq sinishi, bosh miya qattiq pardasi gemotomasi, bosh miyaning engil darajali lat eyishi kabi tan jarohatlari mavjudligi, ushbu tan jarohatlari o`zining odatdagi kechuvida uning sog`ligini yigirma bir kundan ko`p, ammo bir yuz yigirma kundan kam bo`lgan muddatga buzilishiga olib kelgan. Shu sababli “O`RTAChA OG`IRLIKDAGI ShIKASTLAR” guruhiga kirishligi, etkazilgan vaqti qarorda, tibbiy hujjatda hamda tekshiriluvchi o`zi ko`rsatma bergan muddatga ya`ni 2020 yil 18 iyun kuniga to`g`ri kelishi mumkinligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 23 iyun kuni Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






