AsosiyJinoyat

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mansabdori 95,8 mln so`mni o`zlashtirdi

'“Mahalla” xayriya jamoat fondi mansabdori  95,8 mln so`mni o`zlashtirdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi va  respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo`limi mansabdor shaxslariumumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan mablag`larni o`zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

Mansabdorlar go`yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun sovg`a, moddiy yordam pullari berilganligiva boshqa ijtimoiy yordamlar ko`rsatilganligi haqida soxta bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali 95,8 mln so`m mablag`larni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo`limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 
167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar