Qozog`iston va O`zbekistondan qaytgan 70 nafar Tojikistonlikda koronavirus aniqlandi

Dunyo 07.07.2020, 20:53
Qozog`iston va O`zbekistondan qaytgan 70 nafar Tojikistonlikda koronavirus aniqlandi

Fergana.news yozishicha Qozog`iston va O`zbekistondan Tojikistonga qaytgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan. 

Ularning 70 nafari ham Tojikiston fuqarosi bo`lib, nazoratga olinib, Sug`d viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Viloyat sog`liqni saqlash sohasidagi manbaning so`zlariga ko`ra, bugungi kunda Sug`d klinik shifoxonasida 92 nafar koronavirusga chalingan bemor davolanmoqda.

Ularning 70 nafari, asosan, Xatlon viloyati aholisi va 22 nafari Sug`d aholisi. Ikki nafar bemorning ahvoli og`irligi bois reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan.

Eslatib o`tamiz, Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT), YuNISEF va Tojikiston hukumati birgalikda Qozog`iston va O`zbekiston chegarasida bo`lgan muhojirlarni qaytarishda davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1