1

JSST Turkmanistonda COVID-19 muammosi ustida ish boshladi

Dunyo 08.07.2020, 08:54
JSST Turkmanistonda COVID-19 muammosi ustida ish boshladi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirus rasman yo`q, deya qayd etilgan Turkmanistonda COVID-19 muammosi ustida ish boshladi - deya xabar bergan «Neytral Turkmaniston».  

Mutaxassislar mamlakatga «Turkman avialiniyalari» charteri orqali etib kelishgan. Missiyaning asosiy maqsadi mamlakatga kirib kelishi mumkin bo`lgan virusga qarshi tayyorgarlik ishlarini olib borish, deb yozgan gazeta.

 

BMTning Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari Elena Panova sal oldin Turkmanistonda koronavirus yo`qligining ehtimoliy sabablaridan biri sifatida, mamlakat hukumati o`z vaqtida safarlarga cheklov joriy etib, o`z chegaralarini erta yopganligini ko`rsatgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1