Rossiyada daromadi 15 ming rubldan past bo`lganlar 45 foizga etdi

Dunyo 08.07.2020, 10:35
Rossiyada daromadi 15 ming rubldan past bo`lganlar 45 foizga etdi

O`rtacha oylik daromadi 15 ming rubldan kam bo`lgan rossiyaliklar soni koronavirus pandemiyasi davrida 38,1 foizdan 44,6 foizgacha o`sgan. Shuningdek, 5 ming rubldan kam daromad oladiganlar soni ham oshgan. Bu haqda “Rosgosstrax jizn” kompaniyasi va “Perspektiva” markazi tomonidan o`tkazilgan so`rov natijalarida ma`lum qilingan, deb yozadi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy telegram kanali. 

Yozilishicha, joriy yilning fevralidan iyuniga qadar oyiga 15 ming rubldan ko`proq daromad topadiganlar 61,8 foizdan 55,3 foizgacha, 25 ming rubldan yuqori daromadga ega fuqarolar 36,2 foizdan 27,1 foizgacha pasaygan.

Aksariyat rossiyaliklar (36,5%) 5000 dan 15 000 rublgacha daromad evaziga kun ko`rmoqda.

Pandemiya inqirozi oqibatida iste`molchilarning daromadlari pasayishi sababli eski buyumlarga (second hand) talab 1,4 barobarga ortgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1