Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti koronavirusning mayda zarralar orqali yuqishi bo`yicha bir guruh olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariya to`g`ri bo`lishi mumkinligini oldi. Bu haqda Uzreprot yozmoqda.
Dushanba kuni jahonning 32 davlatidan 239 nafar mutaxassis ochiq xat orqali JSSTdan o`z tavsiyalarini qayta ko`rib chiqishni talab qilgan edilar.
Bugungi kungacha JSST koronavirus insonga nafas olish yo`llaridan aks urganda, yoki yo`talganda ajraladigan yirik tomchilar orqali yuqadi degan hulosani aytib kelmoqda edi.
Agarda ushbu faktlar o`z tasdig`ini topsa, hukumatlar tomonidan virusga qarshi kurash mexanizmini o`zgartirib yuborishi mumkin. Bunda ijtimoiy masofa qoidalarining ham ta`siri qolmaydi.
Shu bilan birga tashkilot ushbu masalani yanada chuqurroq o`rganib chiqib, yaqin kunlarda yakuniy javob berishini ma`lum qildi.






