1

Eronda koronavirus bilan bog`liq o`lim holatlarining kunlik rekordi qayd etildi

Dunyo 08.07.2020, 16:50
Eronda koronavirus bilan bog`liq o`lim holatlarining kunlik rekordi qayd etildi

Eronda 7 iyul seshanba kuni 200 kishining koronavirusdan vafot etgani ma`lum qilindi. Bu Eronga COVID-19 kirib kelgan fevral oyidan beri bir kunda qayd etilgan eng ko`p o`limdir. Bundan oldingi rekord 163 tani tashkil qilayotgan edi.

“Afsuski, biz o`tgan 24 soat ichida yana 200 nafar vatandoshimizdan ayrildik. Bu bilan qurbonlarning umumiy soni 11 931 kishiga etdi. O`lganlarning soni ko`payayotgani barchamiz uchun qayg`uli. Lekin, bu hammamizning loqaydligimiz oqibatidir” deydi Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sima Sadat Lari.

Uning qo`shimcha qilishicha, mamlakatning bir hududida to`y marosimlari sababli yangi kasallanganlar soni keskin ortgan. Ammo Lari bu hudud nomini oshkor qilmadi.

Shuningdek, Eronda o`tgan sutka davomida 2637 kishi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi. Ayni paytda kasallanganlar jami bo`lib 245 688 kishini tashkil qilmoqda.

Eronda may oyidan boshlab koronavirusni yuqtirib olish va u sabab vafot etish hollarining kunlik miqdori kamayib kelayotgandi. Ammo, yaqin kunlardan beri koronavirus yana avj ola boshladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1