1

Shavkat Mirziyoev: Bunday xatarli ofatga aslo beparvo qarab bo`lmaydi

Siyosat 08.07.2020, 20:55
Shavkat Mirziyoev: Bunday xatarli ofatga aslo beparvo qarab bo`lmaydi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 iyul kuni bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to`xtalib o`tdi.

Davlatimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:

– Barchamiz guvohi bo`lib turibmiz, afsuski, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etmoqda. Dunyoning qator mamlakatlarida kasallikning ikkinchi to`lqini boshlanayotgani barchamizda jiddiy xavotir uyg`otmoqda.

Bugungi holat shuni ko`rsatmoqdaki, ushbu infeksiyaga qarshi kurashda qandaydir «sehrli reseptlar» hali yo`q.

Jahon hamjamiyati, dunyodagi eng yirik ilmiy markazlar, eng kuchli olimlar bu ofatga davo topish uchun qattiq izlanmoqda. Va bunday tadqiqotlar tez orada o`zining ijobiy natijasini beradi, deb umid qilamiz.

Hozirgi kunda respublikamizda kasallikka chalinganlar soni 10 ming 982 nafarga, sog`ayganlar soni 6 ming 890 nafarga etdi.

Tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xodimlarining kasb malakasi va jasorati, huquq-tartibot idoralari xodimlarining fidoyiligi, shuningdek, karantin davridagi qat`iy intizom mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni nisbatan barqaror saqlash imkonini bermoqda.

Lekin bu xotirjamlikka berilish, bu masalaga engil-elpi qarash uchun asos bo`lmasligi kerak.

Chunki iyul oyining birinchi haftasida bemorlar soni 2 ming 167 nafarga ko`paygan. Shundan 1 ming 267 ta (58%) holat aholi orasida aniqlangan.

Bu karantin davridagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Afsuski, bemorlar orasida o`lim soni ham ortib bormoqda. Bu barchamizni jiddiy tashvishga solishi shart.

Biz mamlakatimizda koronavirus aniqlangan kundan boshlab qayta-qayta ta`kidlab kelmoqdamiz: bu juda murakkab sinov va og`ir kurash bo`ladi.

Bu kurashda ko`p narsa o`zimizga, aql bilan harakatimizga, sabr-toqatimizga temir intizom bilan, qat`iyat va jipslikda ish ko`rishimizga bog`liq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1