1

Qozog`istonda 13 iyul — koronavirus infeksiyasidan vafot etgan fuqarolar xotirasi uchun motam kuni deb e`lon qilindi

Dunyo 09.07.2020, 10:49
Qozog`istonda 13 iyul — koronavirus infeksiyasidan vafot etgan fuqarolar xotirasi uchun motam kuni deb e`lon qilindi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan fuqarolar sharafiga motam kuni belgilanishini e`lon qildi.

«Epidemiya jamiyatda o`z o`rniga ega insonlarni hayotdan olib ketdi. Yaqinlarini yo`qotgan har bir fuqaroga hamdardlik bildiraman. 13 iyulni milliy motam kuni deb e`lon qilaman», — degan To`qaev televidenie orqali qilgan murojaatida.

U fuqarolarni sabrli, xotirjam bo`lishga, xalq boshiga tushgan ushbu sinovlarga bardosh berishga chaqirgan.

«Koronavirusga qarshi kurashni davom ettiryapmiz. G`alaba biz tomonda bo`lishiga shubha yo`q. Taslim bo`lmasligimiz, tushkunlikka tushmasligimiz kerak. Bugun xalqning birlashadigan vaqti keldi. Hech kimni yolg`iz qoldirmaymiz, har bir qozog`istonlikning hayoti uchun kurashamiz», — degan Qosim-Jo`mart To`qaev.

Ma`lumot o`rnida:

Qozog`istonda epidemiya boshlanganidan beri jami 264 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko`z yumgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1