1

Toshkentning yana bir ko`chasi 2 kunga yopildi

Jamiyat 10.07.2020, 09:35
Toshkentning yana bir ko`chasi 2 kunga yopildi

Haydar Aliev (Temiryo`lchilar) ko`chasida ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli 10 iyul soat 8:00 dan Sariko`l ko`chasidan Ozarbayjon madaniyat markazigacha bo`lgan qismi harakatlanish uchun qisman yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ta`mirlash  ishlari ikki kun davom etadi. Ikki yo`nalishdagi harakatlanish yo`lning bir tomoni bo`ylab amalga oshiriladi.  

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya qilinadi.

Eslatib o`atmiz, avvalroq, 10 iyul soat 8:00 dan Sag`bon ko`chasining ma`lum qismi ikki kunga yopilishi xabar qilingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1