Xitoyda bir sutkada 4 kishida koronavirus aniqlandi

Dunyo 10.07.2020, 11:31
Xitoyda bir sutkada 4 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda so`nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha 4 ta va kasallik belgisiz o`tayotgan 3 ta holat aniqlandi, bemorlarning 19 nafari sog`aydi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Xitoy Sog`liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 585 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 690 nafari sog`aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 342 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o`tayotgan 6 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 112 nafari kuzatuvda bo`lib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1