Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Oltiariq tumanidagi maktab o`qituvchilari Z.Z., M.Y. va R.Yu.lar oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tikuvchilik yo`nalishi bo`yicha Oltiariq tuman agrosanoat kollejini tamomlaganligi haqidagi soxta diplomni tayyorlab berish evaziga 500 AQSh dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Shuningdek, tadbir jarayonida fuqaro M.Y.ning yonida 2 ta to`ldirilmagan diplomlar mavjudligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Z.Z., R.Yu. va M.Y.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.