1

Olmaota viloyati bosh sanitariya vrachi pnevmoniyadan vafot etdi

Dunyo 10.07.2020, 13:40
Olmaota viloyati bosh sanitariya vrachi pnevmoniyadan vafot etdi

Qozog`istonda Olmaota viloyatining bosh sanitariya vrachi Qayrat Baymuhambetov vafot etdi. Bu haqdagi axborot viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi. Baymuhambetov pnevmoniyadan vafot etgan, u vafotiga qadar «xasta holida shifoxonada yotgan».

Qayd etishlaricha, 56 yoshli Baymuhambetov uzoq yillar davomida sanitariya-epidemiologiya sohasida mehnat qilgan, ushbu sohada turli rahbar lavozimlarda ishlagan. U 2019 yil may oyida Olmaota viloyati bosh sanitariya vrachi etib tayinlangan edi. Uning ayoli va uch bolasi qoldi.

Ma`lumot uchun, Qozog`istonda so`nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog`liq 1726 ta holat ro`yxatga olingan. Ulardan 790 tasi simptomli, 936 tasi esa simptomsiz tashuvchilardir.

Umuman, hozirgacha mamlakatda 54 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan, 31 mingdan ortiq kishi sog`ayib ulgurgan; bemorlarning 280 nafari vafot etgan. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev mamlakatda kasallikning ikkinchi to`lqini boshlanganini ma`lum qilirib, 13 iyulni koronavirus qurbonlari xotirasi uchun umummilliy motam kuni, deb e`lon qilindi.

Qozog`iston Sog`liqni saqlash vaziri Aleksey Soyning  tan olishicha, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va undan vafot etganlar soni aslida ko`proq bo`lishi mumkin, boisi komissiya bu qadar ko`p o`lim holatlarini ko`rib chiqishga ulgurmayapti, vazirlik oldiga esa mamlakatning barcha aholisini koronavirusga testdan o`tkazish vazifasi qo`yilmagan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1