AsosiyJinoyat

Xorijiy OTM ni tamomlaganlik to`g`risidagi diplomlarni nostrifikasiya qilib berishni aytib, 2 800 AQSh dollari olgan shaxs qo`lga tushdi

'Xorijiy OTM ni tamomlaganlik to`g`risidagi diplomlarni nostrifikasiya qilib berishni aytib, 2 800 AQSh dollari olgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimi diplomni nostrifikasiya qilish uchun 2800 AQSh dollari olayotganda qo`lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D. fuqaro I.X.ning Qirg`iz-O`zbek universitetini tamomlaganligi to`g`risidagi diplomini tanishlari orqali nostrifikasiya qildirib berish evaziga 800 AQSh dollari va 1,9 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro M.D.ning pushaymonlik arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.I. 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro M.I.ning pushaymonlik arizasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, fuqarolar A.I. va J.M.lar oldindan kelishilgan 5 nafar fuqarolarni xorij davlatlari universitetlarini tamomlaganligi to`g`risidagi diplomlarini tanishlari orqali nostrifikasiya qildirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Jinoyat ustida qo`lga tushgan fuqaro J.M.ning pushaymonlik arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i yordamchisi N.Sh. fuqaro J.M.dan oldindan kelishilgan 2 nafar fuqarolarni xorij davlatlari universitetlarini tamomlaganligi to`g`risidagi diplomlarini nostrifikasiya qilib berishi evaziga 2 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.D. va M.I.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan, fuqarolar A.I. va J.M.larga JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan, Inspeksiya boshlig`i yordamchisi N.Sh. va boshqalarga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar