1

COVID-19: Olimlar tashxis qo`yishning noodatiy yo`lini topdi

Dunyo 11.07.2020, 11:21
COVID-19: Olimlar tashxis qo`yishning noodatiy yo`lini topdi

Bir guruh olimlar koronavirusni ovoz bo`yicha ham aniqlash usulini topishdi. Ular ushbu tadqiqot natijalarini IEEE Open Journal of Engineering in Medicine and Biology jurnalida e`lon qilishdi.

Maqolada ta`kidlanishicha, insonning so`zlashi va ovozi ko`p hollarda nafas olish apparatlariga bog`liq va agar masalan, o`pkada qandaydir muammo paydo bo`lsa, u inson gaplashayotganda o`z aksini ko`rsatadi.

Tadqiqot paytida olimlar koronavirusga chalingan lekin kasallik simptomlarsiz kechayotgan mashhur kishilarning ovoz yozuvlaridan foydalanishdi. Ularning infeksiya yuqtirgungacha va yuqtirgandan keyingi ovozlari tahlil qilindi.

Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, koronavirusga chalinganda tovushlarning turli-tumanligi sezilarli ravishda kamayar ekan. Ta`kidlanishicha, ushbu kamayish nafas olish bilan bog`liq ovoz tabiatiga ta`sir qiladi.

Olimlarning ma`lum qilishicha, tadqiqotlar hozircha birinchi bosqichda turibdi va atigi besh kishining ovoz namunalari tekshirilgan. Yakuniy natijaga kelish uchun tadqiqot ishlari hali davom etishi kerak, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1