«Xovar» axborot agentligining xabar qilishicha, Tojikistonning shahar va tumanlarida maktab formalari va boshqa o`quv qurollari yarmarkasi 1 avgustdan boshlanadi.
Respublika fan va ta`lim vazirligi matbuot xizmatining agentlikka ma`lum qilishicha, mamlakat bosh vazirining ko`rsatmasiga ko`ra, maktab yarmarkalari respublikaning barcha shaharlari va tumanlarida tashkil etiladi. Yarmarkalarda maktab formalari va o`quv qurollarining keng assortimenti taqdim etiladi.
Xabarda mahsulotlarning aksariyat qismi mahalliy korxonalarda tayyorlanganligi aytilmoqda.
Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining bayonot berishicha, respublikadagi tikuv korxonalari sifatli maktab formalarini tikishga tayyor.
Shuni ham ta`kidlash lozimki, o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun maktab formalari respublika fan va ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va sifati hech bir xorijiy ishlab chiqaruvchilarnikidan qolishmaydi, deyiladi mazkur xabarda.